Grizmann orzulari va faoliyatini qaerda yakunlashini aytdi

  • 05.06.2020 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning frantsiyalik hujumchisi Antuan Grizmann o‘zining kelajak rejalari haqida gapirib o‘tdi.

“Barselona” bilan Primerada va Chempionlar ligasida g‘olib chiqish – orzuyim va maqsadim. Yana bitta jahon chempionati bor va shuning uchun men Qatarga borishni xohlayman. Shundan keyin MLSga ketaman.

Hozircha qaysi jamoaga borishim aniq emas, lekin MLSda to‘p surishni istayman. Faoliyatimni AQShda yakunlamoqchiman”, - deydi Grizmann.

Antuan joriy mavsum “Barselona” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!