Grizmann va Dembelening qilmishi “Barsa”ga “tarsaki” bo‘ldi
“Barselona” homiysi Rakuten kompaniyasi asoschisi Xirosi Mikatani jamoa hujumchisi Antuann Grizmann va yarim himoyachi Usmon Dembelening qilmishi tufayli klubga rasmiy e’tiroz bildirdi.
Bu ikki futbolchi 2019 yili klubning sayohati davomida mehmonxonada xizmat qilayotgan osiyolik xodimlar ustidan kulib, hazillashgani ma’lum bo‘ldi. Internetda Grizmann va Dembelening qilmishi aks etgan video tarqalib ketdi.
- Klub homiysi va turnir tashkilotchisi sifatida “Barselona” futbolchilari irqchilikka yo‘l qo‘yganidan afsusdaman. Eng asosiysiy, biz “Barselona” falsafasini ma’qullaymiz va unga homiylik qilayotganimiz bois, bunaqa noma’qbul ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz klubga rasman e’tiroz bildiramiz va bu borada izoh talab qilamiz, - dedi Mikatani.
Ma’lumki, Rakuten kompaniyasi “Barselona”ga yiliga 70 million evro miqdorida homiylik puli to‘laydi.

Fikrlar