
Gvardiol: “Husanov bilan gaplashmagan bo‘lsam ham yaxshi yigitga o‘xshaydi”
“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol Chempionlar ligasi doirasida “Bryugge”ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jurnalistlar xorvatiyalik futbolchidan jamoaga yangi qo‘shilgan Abduqodir Husanov haqida so‘rashdi. 23 yoshli o‘yinchi esa milliy terma jamoamiz a’zosi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
"Avvalo, Abduqodir yaxshi yigit. Garchi men u bilan ko‘p gaplashmagan bo‘lsam ham, lekin u yaxshi futbolchiga o‘xshaydi. Husanov debyut o‘yinida juda ajoyib ish qildi, bu esa oson emas edi. Ayniqsa, Angliya Premer-ligasida “Chelsi”ga qarshi birinchi uchrashuvini o‘tkazish, juda qiyin hisoblanadi.
Yaxshi tomoni shundaki, u endigina 20 yoshga to‘ldi. Nazarimda, Abduqodir “shaharliklar” safida uzoq vaqt harakat qilib, klubga yordam beradi. Shuni ham ta’kidlashim kerak, biz uni qo‘llab-quvvatlash uchun har doim shu erdamiz. Agarda o‘zbekistonlik o‘yinchiga biror narsa kerak bo‘lsa, mendan yoki tajribali futbolchilardan so‘rashi mumkin" – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” EChLning so‘nggi tur bellashuvida “Bryugge” bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuvni hamyurtimiz kengaytirilgan tarkibdan joy olmaganligi sababli o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar