
Gvardiola: Bo‘shashma, "Real". Biz yana 13 marotaba EChLni yutishimiz kerak
Pep Gvardiola "Man Siti" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng "Real"ni ta’qib qilish haqida hazil qildi.
“Siti” Istanbulda “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixda ilk bor Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Bilasiz, "qirollik klubi" turnir rekordchisi hisoblanadi. Klub ushbu musobaqada 14 marotaba g‘alaba qozongan.
"Real" tinchlanmasligi kerak. Biz ularga etib olishimiz uchun 13 marotaba EChLni yutishimiz kerak. Bo‘shashma, Madrid”, - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi "Movistar +" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar