Gvardiola: "Agar bu safar yutqazsak, Premer-ligani yuta olmaymiz!"

  • 13 may, 2024, 19:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Joriy mavsumda bu jamoa bilan ikki marta o‘ynadik va mag‘lub bo‘lmadik. Agar bu safar yutqazsak, Premer-ligani yuta olmaymiz.

"Tottenxem"ga qarshi bahslar doim qiyin bo‘lib kelgan. Ayniqsa, joriy mavsum ular juda tajovuzkor futbol namoyish etmoqda. 

Londonliklar chempionlar ligasi uchun kurashyapti, ular oldiga ulkan maqsadlar qo‘yilganini bilamiz. Ammo bizniki ham ularnikidan qolishmaydi. Qisqa qilib aytganda, biz faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!