
Gvardiola APLdagi eng yaxshi murabbiylarni sanab o‘tdi
Pep Gvardiola APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi beriladigan mukofot haqida gapirdi.
"Ha, men uni baham ko‘rmoqchiman. Ayniqsa, Mikel so‘nggi turgacha jamoasini ajoyib boshqarib, bizga kuchli raqobat qilib berdi.
Albatta, Yurgenni ham ta’kidlab o‘tish joiz. U bilan yillar davomida unutilmas jang qildik. Unai Emeri "Aston Villa"ni EChLga olib chiqib aqlbovar qilmas ish qildi. Iraola esa Premer-ligadagi birinchi mavsumida "Bornmut"da ajoyib ishladi.
Ular bilan birga ishlash va sovrin qo‘lga kiritish katta sharaf. Kelgusida chempionlikni himoya qilishga harakat qilamiz", - dedi "shaharliklar" ustozi.
Fikrlar