
Gvardiola “Arsenal” o‘yinchilarining fantastik sifatini aytdi
Angliya Premer-ligasining 30-turi markaziy uchrashuvi chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘rtasida kechdi.
Manchesterdagi to‘qnashuvda hisob ochilmadi. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shogirdi Mikel Arteta jamoasining kuchli jihatlarini aytib o‘tdi.
- Atigi bir ochko oldik. “Arsenal” kabi biz ham ko‘p vaziyat yarata olganimiz yo‘q. Ular juda uyushqoq o‘ynadi, to‘pni olib qo‘yishga qiynaldik, bunga raqibning jismonan kuchli ekani va yuqori darajada o‘ynagani sabab bo‘ldi.
O‘yin katta bosim ostida o‘tdi. “Arsenal” pressingni zo‘r qo‘llaydi va bu ishni futbolchilar fantastik darajaga olib chiqqan. Maydonda bo‘sh hudud qolgani yo‘q. Mana shuning uchun ham ularni ligada eng zo‘ri, deyishimiz mumkin.
Hozir musobaqa jadvalini “Liverpul” boshqarib turibdi. “Arsenal” esa, o‘tgan mavsumda ham juda yaxshi o‘ynagan edi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar