Gvardiola "Barsa" hujumchisi bilan aloqaga chiqdi

  • 9 iyul, 2021, 22:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"da yuzaga kelgan jiddiy moliyaviy muammolar fonida klub yozgi transfer oynasida frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanni sotishga majbur bo‘lishi mumkin.

Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Grizmann kelajak faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Unga “Manchester Siti”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola unga bu borada murojaat qilgani aytilmoqda.

Ayni paytda "shaharliklar" Serxio Aguero ketganidan keyin uning o‘rniga munosib hujumchi qidirmoqda. Xarri Keyn mankunianliklar uchun ustuvor variant, ammo "Tottenxem"ning yuqori talablari ushbu transfer ehtimolini pasaytirishi mumkin.

30 yoshli Grizmann o‘tgan mavsum La Ligada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 13 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!