Gvardiola “Barselona” yulduzini olib ketmoqchi

  • 18 avgust, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Barselona” markaziy yarim himoyachisi Pedrini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Football365 nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” bosh murabbiy  Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar Pedrini olish uchun kataloniyaliklarga uning pozitsiyasida o‘ynaydigan  Mateus Nunesni berishga tayyor.

Pedri “Barselona”ning eng iqtidorli o‘yinchilardan hisoblanadi. Kataloniyaliklar uni 2019 yili “Las-Palmas”dan transfer qilgan.

Pedri yosh bo‘lsa-da, professional darajada 180 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 20 ta assist rasmiylashtirgan.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘yinchiga jiddiy takliflar bo‘layotganiga qaramay, Pedrini jamoada saqlab qolishga urinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!