Gvardiola "Barselona"dagi inqiroz haqida gapirdi

  • 21.12.2021 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola so‘nggi paytlarda "Barselona"da yuzaga kelgan inqirozli vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Barselona" so‘nggi o‘n yil ichida chempionatlarda va kuboklarda g‘alaba qozondi hamda Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bora oldi va shu sababli biz hozircha asabiylashmasligimiz kerak.

Agar biz azob chekishimiz va og‘ir kunlarni boshdan kechirishimiz kerak bo‘lsa, unda biz buni boshdan kechirishimiz kerak. Keyin albatta yaxshi kunlar keladi. Hayot shunisi bilan qiziq.

Hozir “Barsa”da juda yaxshi direktorlar kengashi va ajoyib murabbiy bor. Biz Xavi bilan hali shaxsan uchrashganimiz yo‘q, lekin u "Barselona"ni yaxshi ko‘radi va uni ko‘tara oladi.

Biz sabr qilishimiz kerak. Jamoa ishlay boshlagach, yana g‘alaba qozonadi”, - dedi 2008 yildan 2012 yilgacha Kataloniya klubida ishlagan ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!