
Gvardiola “Barselona”dagi sobiq futbolchisini chaqirgan edi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola inqirozdan chiqish uchun qishki transferlar oynasida “Barselona”dagi sobiq futbolchisi Serxio Busketsni jamoaga jalb qilmoqchi bo‘lgan.
Xabaringiz bor, so‘nggi oylarda ispaniyalik mutaxassisning “shaharliklar” murabbiyligidagi natijalari qoniqarli bo‘lmayapti. Shu bois, klub mutasaddilari qishda jamoaga hamyurtimiz Abduqodir Husanov, Omar Marmush, Viter Reys va Niko Gonsales kabi o‘yinchilarni jalb qildi.
“Daily Express” nashrining ma’lum qilishicha, murabbiy ushbu futbolchilardan tashqari, o‘zining sobiq yarim himoyachisi hisoblangan Serxio Busketsni ham jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgan. Biroq, “Inter Mayami”ning ispaniyalik o‘yinchisi mazkur taklifni rad etgan. Manbaga ko‘ra, Gvardiola futbolchini joriy mavsumning so‘nggigacha ijaraga olmoqchi edi.
Ma’lumot o‘rnida, 36 yoshli havbek “Inter Mayami” safida 60 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar