Gvardiola bir juft supertaklifni rad etdi

  • 21.11.2020 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma tuzishdan oldin ikkita super taklifni rad etgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiolani PSJ va “Yuventus” rahbarlari jamoani boshqarishga chaqirgan. Lekin ispaniyalik murabbiy “shaharliklar” bilan hamkorlikni  uzaytirishni ma’qul ko‘rdi.

Gvardiolaning “Manchester Siti”dagi asosiy vazifasi jamoani Evropa Chempionlar ligasida g‘oliblikka etaklash hisoblanadi. Buning uchun 49 yoshli mutaxassisda 2023 yilning yozigacha vaqt bor.

Gvardiola “Siti” bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, klublar miqyosida ishlamasligini va terma jamoalarni  boshqarishga o‘tishini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!