Gvardiola bir necha futbolchi ketishi kerakligini uqtirdi

  • 30 may, 2024, 23:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti”ni ketma-ket to‘rtinchi marotaba Angliya chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Xosep Gvardiola yozda tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi.

Ayrim futbolchilarimiz “Manchester Siti”da qoladimi yoki ketadimi, avvalo, shuni aniqlab olishlari lozim. Kimlardir aniq ketadi va ularning o‘rniga yangi ijrochilar keladi.  Sport direktori tarkib masalasida muammo bo‘lmasligini aytdi, - dedi Xosep Gvardiola.

Yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Jek Grilish, Bernardu Silva, Kalvin Fillips, Mateush Nunesh va darvozabonlar – Shtefan Ortega hamda Eberson nomi tilga olinmoqda.

Aksariyat manbalar jamoa pleymeykeri Kevin de Bryuyne Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi mumkinligini yozayotgan edi. Biroq belgiyalik yarim himoyachi bir yil qolgan shartnomasini oxiriga etkazib qo‘yishini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!