
Gvardiola: "Biz qadamma-qadam takomillashib boramiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining bugungi holati haqida gapirdi. Yaqinda "shaharliklar" safarda "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:1) durang qayd etishgan va ortiqcha yopiq o‘yin ko‘rsatgani uchun tanqid qilingan edi.
"Biz qadamma-qadam takomillashib boramiz. "Manchester Yunayted" va "Napoli"ga qarshi o‘yinlarda ko‘p narsa yoqdi, "Arsenal" esa – boshqa holat. Mening jamoalarim oldin ham shunday o‘ynagan, ammo unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan. Bu esa kelajak uchun ijobiy ta’sir qiladi, deb o‘ylayman", – deya javob berdi ispaniyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, bugun "Manchester Siti" Liga kubogi bahsida "Xaddersfild"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar