Gvardiola: "Bu rekord o‘rnatilganda Cherchill hali bosh vazir emas edi"

  • 01.05.2023 16:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Pep Gvardiolaning aytishicha, Erling Xoland 92 yil avvalgi rekordni takrorlagan.

"Manchester Siti" forvardi joriy mavsumda barcha turnirlarda 50 ta gol urdi. Angliya chempionatlari tarixida buni oxirgi marta Tom Uoring amalga oshirgan (1930/31 yilgi mavsumda 50 ta gol).

"Erling bugun takrorlagan rekord o‘rnatilganida hali Uinston Cherchill hali bosh vazir emas edi. Bu uzoq vaqt oldingi natija edi..

Uning penaltini amalga oshirgani meni hayratda qoldirdi”, dedi "shaharliklar" ustozi. 

Avvalroq, Xoland Chempionlar ligasi 1/4 finalining "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinida (1:1) 11 metrlik zarbani golga aylantira olmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!