Gvardiola: Bu yulduz o‘ynamaydi, men uni Evropa chempionatidan beri ko‘rganim yo‘q

  • 17 avgust, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasidagi birinchi tur uchrashuvini 18 avgust kuni “Chelsi” maydonida o‘tkazadi.

Tecno

Amaldagi chempionlar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlarning savollariga javob berib, ilk bellashuvda eng muhim o‘yinchilardan biri Rodri ishtirok etmasligini bildirdi.

— Evropa chempionati finalida jarohat olgan Rodrining ahvoli qanday?

–  Bilmayman, men uni o‘shandan beri hali ko‘rganim yo‘q. U mashg‘ulotlarni boshlasa, o‘shanda ko‘rishamiz va o‘zini qanday his qilayotganini bilib olamiz.

– “Chelsi” bilan o‘ynamaydimi?

– Buning umuman imkoni yo‘q.

— Evropa chempionati finalida o‘ynagan Fil Foden, Kayl Uoker, Jon Sounzlarchi? Ular “Manchester Yunayted” bilan uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

– Ularning bari atigi ikki-uchta mashg‘ulotda qatnashdi xolos. Ularning jismoniy holati yaxshi. Lekin ular 90 daqiqa faol o‘ynashga tayyor bo‘lmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!