Gvardiola bu yulduzni ketkazib xato qildimi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar davrida klubni tark etib, ijara asosida “Everton”ga o‘tib ketgan Jek Grilish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Bilishimcha, Grilishning hali biz bilan shartnomasi bor. Eng muhimi – u yana yuqori darajaga qaytdi, zo‘r o‘ynayapti va “Everton”ga katta ta’sir o‘tkazmoqda.
Buyog‘iga nima bo‘ladi? Balki “Manchester Siti” uni ortga qaytarishni istab qolar. Aniq bilmayman. Ko‘p narsa bo‘lishi mumkin. Hammasi klublarga, agentlarga va albatta, bosh murabbiylarga bog‘liq bo‘ladi. Oxirgi so‘zni baribir klub aytadi, - dedi Xosep Gvardiola.
Jek Grilish 2021 yili “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga rekord darajagi badal puli evaziga ko‘chib o‘tgan. Biroq Xosep Gvardiola qo‘l ostida hujumkor futbolchi yuqori saviyaga ko‘tarila olmay kelayotgan edi.
Yozda ispaniyalik mutaxassis angliyalik futbolchining ketishiga yo‘l qo‘yib berdi.



Fikrlar