
Gvardiola: "Husanov jismonan juda kuchli"
"Manchester Siti"ni oldinda Chempionlar ligasining 7-turidan o‘rin olgan PSJga qarshi bahs kutib turibdi. Mazkur o‘yin oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida Xosep Gvardiola ishtirok etdi va Abduqodir Husanov haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchimiz Chempionlar ligasining keyingi ikkita bellashuvida maydonga tusha olmaydi. Ammo u APL uchun tayyor. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis himoyachini maqtadi.
"Ularga jamomizga xush kelibsiz, deymiz", - deya gap boshladi Gvardiola Husanov va Vitor Reys haqida berilgan savolga. "Ular juda ham yosh va ko‘p yil shu erda harakat qilish uchun kelishgan. Husanov Frantsiyada o‘ynagan. U jismonan juda kuchli va g‘ayritabiiy futbolchi. Umid qilamanki, Abduqodir tez orada ingliz tilini o‘rganib oladi".
Yana bir jurnalist Pepga ular bu mavsum qancha uchrashuvlarda maydonga tushishi mumkin. degan savol bilan yuzlandi. Gvardioladan esa quyidagicha javob:
"Menimcha, qonun bo‘yicha ular PSJ va "Bryugge"ga qarshi uchrashuvlarda qatnasha olishmaydi. Pley-offga chiqsak, buning imkoni bo‘lishi mumkin. Ammo ikkala futbolchi ham APL'ga tayyor. Shundan keyin jurnalist savolini davom ettirdi: "Sen ularni darhol jamoaga qao‘shilib ketishiga ishonasanmi?" "Ha, ha", - deya murabbiy javob qaytardi.
"Manchester Siti" PSJ bilan o‘ynaganidan keyin Premer-liganing 23-turida "Chelsi" bilan kuch sinashishi kerak bo‘ladi. Husanov mazkur uchrashuvda debyutini amalga oshirishi mumkin.
Sizda ushbu matbuot anjumanida Gvardiolaning Husanov haqida gapirgan gaplarini eshitish imkoni bor. Videoni "You Tube" kanalimizga joylab qo‘yganmiz
Fikrlar