
Gvardiola: Husanov turli hil pozitsiyalarda o‘ynay oladi
"Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi olidan tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi va unda ham Xosep Gvardiolaga Abduqdir Husanov haqida savollar berildi.
Husanovdan qanchadan beri bilasiz?
Mavsum boshidan beri. Biz Txiki va barcha bilan uchrashuvlar o‘tkazganimizda, ular har bir pozitsiyadagi potentsial o‘yinchilarni aytishdi va ular Abduqodir haqida gapira boshlashdi. Keyin esa... Jon (Stounz), Natan (Ake), albatta Manu (Akanji) va Ruben (Diash) bilan bo‘lgan vaziyatlar sababli transferlar qilishimizga to‘g‘ri keldi. Uning bizda yo‘q, bo‘lmagan o‘ziga xos fazilatlarini ko‘ra oldik U bizga yordam berishiga ishonchim komil.
"Va, albatta, Husanov juda yosh, u o‘rganishi kerak. Shuningdek, Vitor (Reys) ham, Omar (Marmush) ham, ularga vaqt kerak. Jamoaga ko‘nikib olish jarayoni yozda, mavsum oldidan bo‘lgani yaxshi. Ammo hozir har kuni 3 ta o‘yin o‘ynayotganimizda, zaxiramizda potentsiali yuqori futbolchilar bo‘lishi juda muhimdir.
Husanov har xil pozitsiyada o‘ynay oladi. Uni tarkibning qaysi qismida ko‘ryapsiz?
Ha, u menimcha, markazda ham, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladi. Uchtalik himoyaning ham turli xil pozitsiyasida harakat qila oladi.
Husanov juda ham tezkor futbolchi. Menimcha, u Kayl Uokerdek tez. Balki senga mana shunday energiya kerakdir, ayniqsa yarim himoyang uchun?
(Gvardiola kuladi) Menimcha, faqatgina Husanovning tezligi bizga yordam bera olmaydi. Albatta uning tezligi muhim ahamiyatga ega, lekin biz PSJga qarshi o‘yinda ulardan ko‘proq yugurdik. Muammo to‘p bilan harakatimizda...
Fikrlar