Gvardiola Husanovning jarohati haqida gapirdi
Abduqodir Husanov jarohati sabab "Manchester Siti"ning Premyer-ligadagi "Brentford"ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
So‘nggi haftalarda Mark Gexi bilan ishonchli himoya juftligini hosil qilgan markaziy himoyachi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchining holati jiddiy emasligini aytgan bo‘lsa-da, u "asalarilar"ga qarshi bahsga tayyor bo‘lmaganini ta’kidladi.
"U "Everton"ga qarshi o‘yinda Betudan og‘riqli zarba qabul qildi. Hozircha u tayyor emas", — dedi Gvardiola Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Shuningdek, "shaharliklar" yana bir yo‘qotishga uchradi. Rodri ham "Brentford"ga qarshi bahsda ishtirok etmadi. Avvalroq Gvardiola uning o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
Jarohatidan tiklangan Yoshko Gvardiol ham o‘yin qaydnomasidan joy olmadi. Biroq Ruben Diash zaxira o‘rindig‘idan joy olishga tayyor holatga kelgani jamoa uchun yaxshi yangilik bo‘ldi.
Diash hali asosiy tarkibda tushishga to‘liq tayyor bo‘lmagani sababli, Natan Ake Husanovning o‘rnini egalladi.

Fikrlar