Gvardiola ishlagan klublar kuchli uchlikda
To‘pga egalik qilish g‘alabani kafolatlamaydi, ammo bu jamoaning avtogol qilish imkoniyatini kamaytiradi. Eng ko‘p to‘pga egalik qilgan klublar turnir jadvalida ham yaxshi natija ko‘rsatishi bejiz emas.
Joriy mavsumda Myunxenning "Bavariya" klubi o‘yinning ushbu komponent bo‘yicha 5 ta yirik Evropa chempionatlari orasida peshqadam. Nemis grandi bu mavsumda 65,59 foiz to‘pga egalik qilgan.
2-o‘rinda "Manchester Siti" jamoasi bo‘lib, mashhur to‘p bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan "shaharliklar" 65,38 foiz to‘pni o‘zida ushlab turgan. Jamoa ustozi Pep Gvardioloa bu narsaga jiddiy qaraydi.
Xavi boshliq Kataloniyaning "Baselona" klubi 65,04 foiz bilan kuchli uchlikni yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, bu uchala klubda ham ispaniyalik mutaxassis Gvardiola ishlagan.

Fikrlar