Gvardiola: "Ko‘p pul to‘laymiz, jim tur" deyishadi

  • 7 mart, 2024, 12:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning taqvimidan norozi. 

Yakshanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Kopengagen"ga qarshi javob uchrashuviga uch kun qolganida "Manchester Siti" APLda MYuga qarshi bahs olib bordi (3:1). 

"Yunayted"ga qarshi bahsdan so‘ng "Siti" asosiy tarkibiga 7 ta o‘zgartirish kiritdi. 10 mart kuni "shaharliklar" safarda "Liverpul" bilan kuch sinashadi. 

"Premer-ligadagilar bilan gaplashasizmi? "Ular menga ko‘p pul to‘laymiz, jim tur!", deyishadi. 

Menga yangi oyoqlar kerak edi. Futbolchilarim qanchalik charchaganini bilib oldim. Ba’zi mamlakatlarda chorshanba kuni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, ichki chempionat bahsida shanbaga ko‘chirishga ruhsat beriladi". MYuga qarshi uchrashuvdagi kabi yakshanba kuni emas", - dedi "shaharliklar" ustozi 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!