
Gvardiola: “Man Siti” 1-bo‘limda darvoza qaerda ekanini unutib qo‘ygandek o‘ynadi
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 18-turi doirasida “Xall Siti”ga qarshi kechgan va “shaharliklar”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin natijasidan mamnun qoldim, ammo g‘alaba osonlikcha kelmadi. Birinchi bo‘limda “Man Siti” darvoza qaerda ekanini unutib qo‘ygandek bo‘ldi. Lekin ikkinchi bo‘limda barchasi o‘zgardi.
Ilk goldan keyin vaziyat o‘zgardi va futbolchilarimda o‘ziga bo‘lgan ishonch oshdi. Bizga katta bosim o‘tkazishmoqda. Chempionatning boshqa etakchilari ham bugun g‘alaba qozondi. Har bir o‘yin biz uchun xuddi so‘nggisidek”, – deydi Gvardiola.
Fikrlar