
Gvardiola “Manchester Siti”ga zo‘r futbolchini olib kelyapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibni yanada kuchaytirish bo‘yicha boshqotiryapti.
FootballTransfers nashrining ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmixni nishonga olgan.
Gvardiola tajribali o‘yinchini anchadan beri kuzatib kelmoqda va Kimmix “Siti” qo‘llayotgan o‘yin uslubiga to‘la mos tushadi, deb hisoblayapti.
Yozua Kimmix esa, “Bavariya”dan ketish istagi yo‘qligini ta’kidlab kelayotgani transferni amalga oshirishga imkon bermayotgan edi. Endi vaziyat o‘zgardi. 28 yoshli futbolchining bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan munosabati bizilgan.
Bu holat Xosep Gvardiolaga orzusini amalga oshirish imkonini beradi. Transfermarkt portali ekspertlari Kimmixni 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar