Gvardiola Mbappening "Siti"ga o‘tishi haqidagi savolni ochiq qoldirdi

  • 19 fevral, 2024, 19:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola PSJ yulduzi Kilian Mbappening klub bilan xayrlashishi bo‘yicha qisqacha gapirib o‘tdi. 

"O‘ylashimcha, u ancha yuqori saviyadagi futbolchi. Kilianni porloq kelajak kutmoqda", - dedi kataloniyalik mutaxassis. 

Biroq Pep Mbappening "shaharliklar" safiga ko‘chib o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirmadi. Hozirda frantsuzning "Real"ga o‘tishi ko‘plab nashrlarda ma’lum qilinmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!