Gvardiola: Meni haydamoqchimisiz? Joningizga tekkanimni bilaman!

  • 03.01.2026 10:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum Angliya Premer –ligasi, mamlakat kubogi, Liga kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashayotgan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola milliy chempionatning 20-turi doirasidagi “Chelsi”ga qarshi o‘yin oldidan klubdan ketishi mumkinligi haqida tarqalayotgan mish-mishlarga nisbatan jahldan munosabat bildirdi.

- Nima uchun o‘z fikrimni sizga aytishim kerak? Bu faqat mish-mish, xolos. Meni ishdan bo‘shatmoqchimisiz?  Mening shartnomam bor, buni ming marta aytganman. Ammo mening obro‘-e’tiborim nolga teng, to‘g‘rimi? 10 yil ichida joningizga tegganimni bilaman.

Men ketishimni istayapsizmi? Ha, deyarli bunga ishonaman. Bilasizmi, bir kuni men albatta ketaman. Va’da beraman. Lekin hozir menda shartnoma bor, men baxtiyorman, jamoam bilan kurashishni xohlayman.

Rahbariyat meni hurmat qiladi. Ular buni o‘tgan mavsumda, ikki-uch oy davomida birorta ham o‘yinda g‘alaba qozonmagan paytimizda ham isbotlashdi. Ular meni qo‘llab-quvvatlashyapti.

Endi men nima qila olaman? Balki, bir kuni bu sodir bo‘lar, bilmayman. Futbol — syurprizlarga boy. Men faqat o‘zimni qanchalik omadli ekanimni tasdiqlay olaman. Men hozir bo‘lgan klubimda edim va hali ham shu yerdaman. Mening klubim — betakror, - dedi  Gvardiola jurnalistlarga.

Angliya chempionatida 19 ta o‘yindan so‘ng “Manchester Siti” 41 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bo‘lajak raqib “Chelsi” esa 30 ochko bilan beshinchi pog‘onada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!