
Gvardiola Messi va Ronaldu gegemonligini sindirgan o‘yinchini oladi
“Real”yarim himoyachisi Luka Modrich yozda Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Ma’lumki, xorvatiyalik futbolchi Madridga kelgunga qadar “Tottenxem” safida porlagan edi.
Luka Modrichning yoshi o‘tib qolayotgan bo‘lsa-da, jismoniy holati va o‘yin sifati a’lo darajada. Hatto, “Real” rahbariyati ham yozda erkin agentga aylanadigan futbolchining shartnomasini uzaytirish istagini bildirmoqda.
Shunga qaramay, Xosep Gvardiola tajribali futbolchini Angliyaga qaytarishni istayapti.
Modrich 2018 yili “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritib, bu sovrinni olishda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi gegemonligiga chek qo‘ygan edi.
Fikrlar