Gvardiola "Oltin to‘p"ni berish borasida o‘zgarish qilishni taklif qildi

  • 20 oktabr, 2023, 18:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, matbuotda Lionel Messi oktyabr oyi oxirida "Oltin to‘p"ni olishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

"Oltin to‘p ikki qishiga berilishi kerak. Birini Messiga, ikkinchisini esa boshqalar o‘rtasida eng kuchliga berilsa adolatdan bo‘lardi. Xoland "Oltin to‘p"ga loyiq edi. Biz trebl qildik va u 50 tadan ortiq gol urdi”, dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Lionel Messi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!