Gvardiola o‘rniga ikki nafar zo‘r murabbiy bor

  • 28.04.2026 00:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning sport direktori Ugo Viana bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga o‘rinbosar topish ustida faol ish olib bormoqda va nomzodlar ro‘yxatini qisqartirmoqda.

Gvardiolaning shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Avvalroq, Angliya ommaviy axborot vositalarida ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum oxirida klubdan ketishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Manbaga ko‘ra, asosiy nomzodlar sifatida quyidagilar belgilangan:

  • Vensan Kompani (“Bavariya” bosh murabbiyi),
  • Enzo Mareska (“Chelsi” sobiq bosh murabbiyi).

Biroq klub Mareskaga ustunlik bermoqda. Uning taktik yondashuvi va jamoa o‘yin uslubini yaxshi tushunishi yuqori baholanmoqda.

Shuningdek, Mareskaning biror klub bilan amaldagi shartnomasi yo‘qligi ham uning ustunliklaridan biri hisoblanadi. Italyalik mutaxassis 2022–2023 yillarda “Manchester Siti”da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan va klub ichki muhitini juda yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!