
Gvardiola PSJning asosiy qurolini olib ketmoqchi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida ham tarkibni yangilash siyosatini davom ettiradi.
Ayni paytda ispaniyalik mutaxassis o‘zi shakllantiradigan o‘yin uslubiga mos ijrochilarni tanlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Evropa matbuotining yozishicha, “shaharliklar” ustozi PSJda asosiy figuraga aylangan Bredli Barkolani nishonga oldi. Gvardiola frantsiyalik futbolchining tezkorligi va hujumkorlik xususiyatlari jamoaga katta yordam berishiga ishonyapti.
22 yoshli futbolchi aslida “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Parijliklar 2023 yilning yozida 18 million evroga baholangan Barkolani 45 million evro to‘lab, o‘z safiga qo‘shib oldi.
Bugungi kunda bu o‘yinchi 65 million evroga baholanyapti. Shunda ham PSJ o‘z hujumchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. “Manchester Siti” esa, o‘z maqsadiga etishi uchun yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar