Gvardiola qayg‘uga botdi

  • 25 yanvar, 2021, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning etakchisi Kevin de Bryuyne kamida bir yarim oy jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tibbiy tekshiruvlar belgiyalik yarim himoyachi sonining orqa tomonidan jarohat olganini va bu bir necha hafta davomida davolanishi kerakligini ko‘rsatdi.

- Shifokorlar tashxis qo‘ydi. Kevin bir yarim oygacha o‘ynay olmaydi.  Katta yo‘qotish. Lekin biz oldinga intilishda davom etishimiz kerak.

Bu futbolchining o‘ziga ham, bizga ham zarba bo‘ldi. Biz vaziyatdan chiqish yo‘lini topishimiz shart, - dedi Xosep Gvardiola

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!