Gvardiola qishki transferlar haqida gapirdi
“Manchester Siti” qariyb bir yil avval qishki transferlar oynasi davrida faollik ko‘rsatib, jamoaga Abduqodir Husanov, Vitor Reis, Niko Gonsales, Juma Ba va Umar Marmushni olib kelgan edi.
Bu transfer egalaridan Juma Ba va Vitor Reis asosiy tarkibga kira olmadi va tajriba oshirishi uchun Frantsiya hamda Ispaniya chempionatlaridagi jamoalarga ijaraga jo‘natildi.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola yaqinlashib kelayotgan navbatdagi qishki transferlar oynasidagi vaziyat bo‘yicha savollarga javob berdi.
- Har narsa bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsum boshida qishki transfer oynasi oldidan jamoada shuncha ko‘p jarohatlanganlar bo‘ladi, deb tasavvur ham qilolmagan edim. Keyin yanvarda biz to‘rt yoki besh nafar yangi o‘yinchini imzoladik, - dedi Gvardiola.
Fikrlar