Gvardiola “Real” va “Arsenal” kutayotgan futbolchini olib ketmoqchi
Bundesliga futbol olamida o‘zini ko‘rsata oladigan iste’dodli o‘yinchilarga boy. Germaniya chempionatida Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nataniel Braun Evropaning qator grand klublari nishoniga tushdi.
“Ayntraxt” 2024 yilning yanvarida bu himoyachini “Nyurnberg”dan atigi uch million evroga transfer qilgan edi. Bundesligadagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin Braunning bugungi kundagi narxi 30 million evroga ko‘tarilgan.
Bild nashrning yozishicha, Braunni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. 22 yoshli himoyachi chap qanotda o‘ynaydi. Yaqinda katta maqsadlar bilan yozda chap qanot himoyasiga olingan Rayan Ayt-Nurining jarohat olgani jamoaga bu pozitsiyani yopa oladigan yana bir o‘yinchi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, nemis futbolchisiga Madridning “Real” va Londonninn “Arsenal” klublaridan ham jiddiy qiziqish bor.



Fikrlar