
Gvardiola “Real”dan superyulduzni oladigan bo‘lyapti
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida “Real” hujumchisi Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Cadena Ser nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola braziliyalik futbolchining o‘yin uslubini o‘z jamoasiga mos kelishini ta’kidlamoqda.
“Real” rahbariyati jamoaga Kilian Mbappe kelishini inobatga olib, Rodrigo zaxirada o‘tirib qolmasligi uchun uni boshqa klubga o‘tishiga yo‘l ochmoqchi ekanini ma’lum qilgan.
Kuni kecha Rodrigoning o‘zi ham yangi ish joyi sifatida “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishga rozi ekanini bildirgandi. 23 yoshli hujumkor futbolchi “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘llayotgan o‘yin uslubi unga yoqishini aytgan.
Rodrigoning transferi manchesterliklarga 100 million evroga tushishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar