Gvardiola “Real”ga qarshi uchrashuv haqida: “Agar futbolchilarimiz kamek qilishimizga ishonishmasa, uylariга ketaverishsin”

  • 16.03.2026 19:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar Ligasida "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini haqida fikr bildirdi. Jamoalarning dastlabki uchrashuvi Ispaniya klubining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Agar futbolchilar (uchta to‘p farqni yo‘qqa chiqarishga) ishonmasa, bu ularning muammosi. Ular katta odamlar, maoshlari yaxshi. Chempionlar Ligasi uchun ishonishmayotgan bo‘lsa, uylariga ketaverishsin, uyda qolishsin. Biz harakat qilishimiz kerak. Nima yo‘qotamiz?

Albatta, bu yoqimsiz natija. Lekin biz harakat qilishimiz kerak, odamlarga, muxlislarga, o‘z ishimizga hurmat yuzasidan, tushunyapsizmi?

Bu futbol va har narsa bo‘lishi mumkin. Konsentratsiyani saqlab, avval shunchaki g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak, keyin esa ko‘ramiz. Biz muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak va umid qilamanki, ular bizga kuch beradi. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz", - deb Gvardiolaning so‘zlarini keltirdi ESPN.

Javob uchrashuvi ertaga, 17 mart kuni Manchester shahridagi "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!