Gvardiola shogirdidan voz kechdi

  • 2 may, 2023, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlanganidan keyin shogirdlaridan biri Bernardu Silvani qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Klub rahbariyati portugaliyalik futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Evropa matbuotining yozishicha, bu o‘yinchi xizmatiga PSJ va “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, “shaharliklar” mohir yarim himoyachisini 85 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Buning uchun Bernardu Silva klub rahbariyatiga ketmoqchi ekanini ochiq aytishi talab etiladi.

28 yoshli futbolchining o‘zi “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qo‘l ostida to‘p tepmoqchi. Shunga qaramay, PSJ Bernardu Silva uchun oxirigacha kurashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!