Gvardiola shogirdini xursand qildi

  • 24 dekabr, 2020, 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘yganidan beri unga turli jamoalardan takliflar bo‘lmoqda.

Shunga qaramay, bosh murabbiy Xosep Gvardiola uni qo‘yib yubormay, asosiy tarkibga qaytish uchun kurashishga chorlayotgandi. Endi “shaharliklar” rahbariyati ingliz himoyachisiga yangi shartnoma taklif etishga qaror qildi.

Jon Stounzning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Biroq, klub u bilan yana uzoq muddatga hamkorlik qilmoqchi.

26 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsumda atigi beshta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!