Gvardiola Tuxelning Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgani haqida fikr bildirdi

  • 18 oktabr, 2024, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tomas Tuxel Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Angliya terma jamoasini angliyalik murabbiy boshqarishi kerakmi, degan savolga javob qaytardi.

"Biz qaerda tug‘ilishimizni o‘zimiz hal qilmaymiz. Buni ota-ona hal qiladi va to‘qqiz oydan keyin biz paydo bo‘lamiz. Men kataloniyalik bo‘lib tug‘ilishni o‘zim xohlaganim yo‘q, siz esa ingliz bo‘lib tug‘ilishni o‘zingiz tanlamagansiz. Federatsiya katta obro‘ga ega xorijlik murabbiyni tanladi. Men bu tanlovni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim. Murabbiy g‘alaba qozonsa, maqtashadi. Agar u mag‘lub bo‘lsa, tanqid qilinadi. Uning qaysi millatga mansubligi muhim emas. Bilaman, har birimiz o‘z millatimiz bilan faxrlanamiz, lekin dunyo juda katta joy va biz ochiq fikrli bo‘lishimiz kerak. Kimdir boshqa joyda tug‘ilgani uchun tanqid qilinishini yoqtirmayman", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!