Gvardiola: "Uni Husanov va Ake qo‘llab-quvvatladi"
"Manchester Siti" Angliya Liga kubogining yarim finalida "Nyukasl"ni 2:0 hisobida yengdi. Uchrashuvdan so'ng "Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola g'alabaga izoh berdi.
"Bu o'yin Maks Alleyn.uchun yaxshi sinov edi. Uni Abdukodir Husanov va Natan Ake qo'llab-quvvatladi va bahs davomida yordam berdi. Niko O’Rayli ham yangi pozitsiyada juda yaxshi harakat qildi. Birinchi taymda hujumchilarimiz bir-biriga bog'lanmadi. Ikkinchi taymda Erling va, ayniqsa, Antuan ancha samarali harakat qildi", — dedi Gvardiola.
Ma'lumot uchun, "shaharliklar" keyingi bahsni APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi. Bellashuv 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar