Gvardiola va Kevin de Bryuyne urishib qoldimi?

  • 5 dekabr, 2024, 14:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvaridiola jamoa etakchilaridan Kevin de Bryuyne bilan urishib qolgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis bu xabarlarga munosabat bildirdi.

- Odamlar Kevin bilan muammom borligini gapiryapti. Nima menga Kevinni o‘ynatmaslik yoqadi, deb o‘ylaysizlarmi? Kevin o‘ynashini istamaymanmi? Katta iqtidorga ega futbolchi menga kerak emasmi? To‘qqiz yil birga ishlaganimizdan keyin unga shaxsiy xusumatim bormi?

Kevin De Bryuyne bu klubga eng ko‘p hissa qo‘shgan yigit, biroq u o‘tgan mavsumda besh oy, bunisida ikki oy jarohatda edi. Yoshi 33 da. O‘zining eng zo‘r sport formasiga chiqib olish uchun unga vaqt kerak. Bunga o‘tgan mavsumdagidek bosqichma-bosqich erishadi.

U tiklanishga, o‘zini yaxshi his qilishga harakat qilyapti. Men uning eng zo‘r o‘yinlarini ko‘rsatishini istayman, - dedi Xosep Gvardiola.

Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!