Gvardiola: Xoland ham bir kun to‘xtaydi, shunda...

  • 18 oktabr, 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning eng zo‘r to‘purari Erling Xolandning hayratlanarli sport formasi haqida gapirdi.

Tecno

- Xoland ajoyib darajada o‘ynayapti. Bu faqat gollari bilan bog‘liq emas. Aniq bilganim shuki, qachondir unda ham pasayish kuzatiladi.

Bundan qochib bo‘lmaydi, chunki doimiy tarzda bunaqa yuqori darajada o‘ynashning iloji yo‘q.   Ana o‘shanda men uning yonida qo‘llab-quvvatlab turishimni ham aniq aytishim kerak.

Hammamiz uchun yonida turamiz. Bizda qiyin lahzalarda, murakkab vaziyatlarda  bir birini qo‘llash, jamoaga yordam berish ishtiyoqi bor.  Hozir esa, Xoland ortiqcha maqtovlarga muhtoj emas, - dedi Xosep Gvardiola.

Erling Xolandning manchesterliklar bilan shartnomasi 2034 yilning yozigacha davom etadi. Mazkur kelishuv asosida norvegiyalik to‘purar Angliya Premer-ligasida eng katta maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!