
Gvardiola yozda “Manchester Siti”ni topshirishi kutilyapti
“Manchester Siti”ni 2016 yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola uchun joriy mavsum “shaharliklar” safida oxirgisi bo‘lishi mumkin.
Pepning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq ispaniyalik mutaxassisning bitimida har mavsumdan keyin kelishuvni bekor qilish bandi bor.
Manbalarning ta’kidlashicha, Gvardiola “Evro-2024”dan keyin Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
TodoFichajes nashri “Manchester Siti” xo‘jayinlari Gvardiolaning o‘rniga boshqa bosh murabbiy topib qo‘yganini yozmoqda.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar “Jirona” bosh murabbiyi Anxel Michelni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar