Gvardiolaning EChLdagi omadsizliklari davom etadimi? «Inter»dan «Lion»gacha bo‘lgan barcha mag‘lubiyatlarni yodga olamiz!

  • 23 mart, 2021, 19:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep «Manchester Siti»ni Evropaning eng kuchli 8 jamoasidan biriga aylantirdi. Endi oldinda finalga qadar og‘ir masofani bosib o‘tish darkor. To‘g‘ri, klubga qur’ada omad kulib boqdi. Dortmundning «Borussiya» jamoasi deyarli ideal raqib, ammo…

Tecno

Pep boshqaruvidagi klublar so‘nggi yillarda EChL pley-offini erta tark etishga o‘rganib ham qoldik. Xo‘sh, ispaniyalik mutaxassis so‘nggi 10 yil ichida qaysi jamoalardan sababli turnirni tark etdi? Bugun barchasini yodga olamiz.

2009/10 – Gvardiolaning «Barselona»si «Inter» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (1:3,1:0)

ad1

Gvardiola «Barselona»dagi 3 yil ichida 2 bor EChLda zafar quchdi. Ushbu g‘alabalar oralig‘ida bitta qoqilish mavjud. E’tiborlisi shundaki, o‘sha mavsumda Pep shogirdlari «Inter» bilan 4 bor maydonga tushgandi. Ikkitasi guruh bosqichida, ikkitasi pley-offda. Hal qiluvchi uchrashuvlarda «Inter» ruhan yaxshi tayyorlangani ko‘rinib qoldi. Aynan shu to‘qnashuvlar sababli Gvardiola – Mourino qarama-qarshiligi yuzaga keldi. Aynan Joze Pepni murabbiylik faoliyatida ilk bor EChLdan chiqarib yuborgan mutaxassisga aylandi.

2011/12- Gvardiolaning «Barselona»si «Chelsi»dan o‘ta olmadi. (0:1, 2:2)

Gvardiola o‘zining Kataloniyadagi so‘nggi mavsumida EChLda zafar quchishni juda istadi. Afsuski, bunga «Chelsi» qarshilik qildi. Pep allaqachon «Bavariya» bilan muzokaralar boshlab qo‘ygan, «Kamp Nou»ni chiroyli tark etish niyatida edi.

Roberto Di Mateo esa, kutilmaganda katta sahnaga chiqib keldi. Vaqtincha murabbiy etib tayinlangan yigitcha «Kamp Nou»da mo‘’jiza namoyish etdi. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Chelsi» 2:0 dan so‘ng sinmadi. Avvaliga Ramires London jamoasini o‘yinga qaytargan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Torres katta sahnaga chiqdi.

ad53453

2013/14- Gvardiolaning «Bavariya»si «Real»dan o‘ta olmadi (0:1, 0:4)

«Barsa»dan ketgach, Pep bir yil futboldan dam oldi. Bu orada uning bo‘lajak jamoasi Yup Haynkes bilan trebl qayd etdi. Pep juda ham kuchli jamoani qabul qilib oldi, ammo uni yangi darajaga olib chiqishni uddalay olgani yo‘q.

Achinarlisi shundaki, Pep o‘zining Myunxendagi ilk mavsumidayoq «Real»dan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi. «Alyants Arena»dagi 0:4 uning turnirdagi ilk yirik mag‘lubiyatiga aylandi.

2014/15-Gvardiolaning «Bavariya»si «Barselona»dan o‘ta olmadi (0:3; 3:2)

Kelasi mavsumda Pep yana yarim finalga qadar etib keldi, ammo yana alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi. «Barselona» Neymar-Messi-Suares uchligi sababli Myunxendan kelgan mehmonlarni 3 gol bilan "siyladi". Javob o‘yinida «Bavariya» shou namoyish etdi, biroq yana EChL finali ostonasida to‘xtatildi.

ad55

2015/16-Gvardiolaning «Bavariya»si «Atletiko»dan o‘ta olmadi (0:1; 2:1)

Pep «Bavariya» boshqaruvidagi 3-yarim finalini ham ispan klubiga boy beradi. Diego Simeonening «Atletiko»si mehmonda urilgan gol qoidasiga ko‘ra g‘olib bo‘ladi. E’tiborlisi shundaki, Pep o‘zining murabbiylik faoliyatidagi ilk yillarida jamoasini yarim finalga qadar boshlab borishda muammoga duch kelmagan.

2017/18 – Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» «Monako» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (5:3; 1:3)

Angliyaga ko‘chib o‘tgach, Pep kuchli raqobatga duch keldi. Ichki birinchilikdagi og‘ir o‘yinlar sababli qahramonimiz 7 yillik an’anasiga chek qo‘ydi. U «Siti»ni EChLning yarim finaliga qadar boshlab borishni uddalay olmadi. Chorak finalda kamtarin «Monako» «Siti»ni dog‘da qoldirdi. Yosh Mbappe esa, ikkita o‘yinda ham gol kiritib, ingliz jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi.

ad343284842

2017/18- Gvardiolaning «Manchester Siti»si «Liverpul» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (0:3; 1:2)

O‘sha mavsumda «Siti» APLda 100 ochko bilan g‘alaba qozondi, biroq xalqaro arenada ingliz klubidan alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Yurgen Kloppning «Liverpul» jamoasi ichki birinchilikda kuchli to‘rtlikdan o‘rin egallash uchun kurash olib borgan bo‘lsa-da, «Siti»ni «o‘yindan tashqari» holatda qoldirdi. Bu duelning taqdirini ilk 30 daqiqalik hal etib bergan, desak adashmagan bo‘lamiz. Saloh, Mane va Chemberlen kiritgan gollardan so‘ng, «Siti» o‘ziga kela olmadi. Javob uchrashuvda Jezus tezkor gol urganiga qaramay, yakunda «qizillar» g‘alabani qo‘lga kiritadi.

2018/19- Gvardiolaning «Manchester Siti»si «Tottenxem» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (0:1; 4:3)

Oradan bir yil o‘tib, Pep yana inglizcha chorak final qurboniga aylandi. Bu safar anchayin «hokisor» «Tottenxem» «Siti»ni chuqur "nokaut" holatiga tushirib qo‘ydi. Londondagi yagona golni Son Xyon Min kiritgan bo‘lsa, «Etixat»dagi o‘yin trillerga aylanib ketdi. O‘yinning ilk 20 daqiqasida 5 ta gol kiritildi. Keyin Aguero jamoasini oldinga olib chiqdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Lorente hisobni 4:3 ko‘rinishiga olib keldi. Raxim Sterling so‘nggi daqiqalarda urgan goli VAR sababli bekor qilingach, Pep yana bir bor pley-offda taslim etildi.

ad4530595

2019/20 Gvardiolaning «Manchester Siti»si «Lion» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (1:3)

Turnir startidan so‘ng, ko‘plab mutaxassislar «Bavariya» va «Siti»ni g‘oliblik uchun asosiy da’vogar ekanligi haqida fikr bildirdi. Yakunda «Bavariya» finalga chiqdi. «Shaharliklar» esa, o‘z oyoqlari orasidagi jamoalarning biridan «tarsaki» qabul qilib oldi.

Pep o‘z o‘yin uslubini 100 foiz jamoaga singdirgan bir paytda, «Lion»ga mag‘lub bo‘lish chinakam fojia! Shu kunga qadar, Pep 9 bor 9 xil klubdan engilib, EChLni tark etgan. Agar bu tryukni yana takrorlasa, o‘ziga xos natija qayd etgan bo‘ladi. Xo‘sh, Pep va uning jamoasini «yubiley» bilan qaysi klub tabriklaydi? Bunisini vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!