Gvardiolaning sobiq yordamchisi mutaxassisning "Barselona"ga qaytishni istamasligini aytdi

  • 08.10.2025 01:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiolaning sobiq yordamchisi Karles Planshar uning nega "Barselona"ga qaytishni xohlamasligini tushuntirdi.

"Bu uning qarori va unga javob berish to‘g‘ri. Ammo menimcha, sabab shundaki, u "Manchester Siti"da juda ko‘p yillar ishladi. Bizga u erda oiladek munosabatda bo‘lishdi, xuddi uyimizdagidek erkin ishlash imkoni berilgandi.

Xosep bunday munosabatni na "Barselona"da, na "Bavariya"da his qilgan.

Qarorni u qabul qiladi, ammo menimcha, har qanday loyiha 5–6 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu faqat Pep emas, har bir inson uchun shunday. Shundan keyin tiklanish davri zarur.

Do‘sti sifatida men unga yangi loyiha izlashni tavsiya qilgan bo‘lardim, chunki uni oldida hali uzoq yo‘l kutyapti", — dedi Planshar "Diario Sport" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!