Gyottse yangi jamoasida debyut golini urishi uchun 9 daqiqa etarli bo‘ldi

  • 18 oktabr, 2020, 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida PSVga erkin agent sifatida borib qo‘shilgan yarim himoyachi Mario Gyottse yangi jamoasi safida ilk golini urdi.

Tecno

28 yoshli germaniyalik futbolchi Gollandiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Zvolle” klubiga qarshi bellashuvning 9-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Bu uning PSV safidagi debyut o‘yini edi.

Gyottse so‘nggi bor 2019 yilning 20 dekabr kuni “Borussiya” Dortmund safida “Xoffenxaym” (1:2) darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!