Gyuler: "Bu mavsumda men o‘zimni jamoam uchun muhim futbolchi sifatida his qilyapman"

  • 23 oktabr, 14:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" futbolchisi Arda Gyuler "Yuventus"ga (1:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Ardaning ta’kidlashicha, bosh murabbiy unga katta ishonch bildiradi.

Tecno

"Bu mavsumda men o‘zimni jamoam uchun haqiqatan ham muhim futbolchi sifatida his qilyapman. Menga ishongani uchun murabbiyimiz Xabi Alonsodan minnatdorman.

U mendan o‘yin sur’atini nazorat qilishni so‘raydi. Agar Alonso mendan gol urish yoki golli pas berishni xohlasa, meni “o‘nlik” (hujumchi ortida) pozisiyasida o‘ynatadi. Agar o‘yinni nazorat qilishni istasa, meni “sakkizlik” (yarim himoyachi) vazifasida maydonga tushiradi", — dedi Gyuler.

Ma’lumot uchun, turkiyalik hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda madridliklar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!