Gюlerni top-klublar Angliyaga chaqiryapti

  • 25.04.2026 00:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyulernig Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

21 yoshli futbolchiga yana “Arsenal” tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgani aytilmoqda.

Jurnalist Sebastyen Vidal ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” yosh turk yulduzini jamoaga olib kelish uchun amaliy harakatlarni boshlab yuborgan. Ular futbolchi manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar bilan aloqa o‘rnatdi.

“Liverpul” mutasaddilari ham Arda Gyuler atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan  kuzatib bormoqda va transfer imkoniyatlarini o‘rganyapti.

Futbolchining o‘zi esa hozircha “Real”ni tark etish haqida o‘ylamayapti. Agar u Madriddan ketishga ko‘nsa, xaridor klubi 80 million evrodan yuqori summa taklif etishiga to‘g‘ri keladi.

Joriy mavsumda Arda Gyuler madriddliklar safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!