Gyundogan murabbiy bo‘lmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini yakunlagach, o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi ekanini ma’lum qildi.
“Yaqinda murabbiylik litsenziyasi haqidagi ma’lumotlarga qiziqib qoldim. Qanday qilib olish mumkin, buning uchun nima kerak? Men uchun murabbiy bo‘lish g‘oyasi shunchaki fikr emas. Men eng yaxshi mutaxassislar qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazdim. Yurgen Klopp, Xosep Gvardiola, Tomas Tuxel dunyoning eng yaxshi murabbiylari hisoblanadi. Ulardan ko‘p narsalarni o‘rgandim va bu bilimlarni boshqa o‘yinchilarga berish juda yaxshi bo‘lar edi”, - dedi germaniyalik futbolchi.



Fikrlar