Habib: "Kamarni o‘yga qaytarish vaqti keldi"
Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Islam Maxachevning Bobbi Grin ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
"Sen juda zo‘r ish qilding, uka kamar uchun birinchi da’vogar mavqeyini munosib egallab turibsan. Menimcha, engil vaznda dunyodagi eng yaxshisisan. Odamlar xohlaganini aytishi mumkin, biroq men bu sport bilan anchadan buyon shug‘illanaman va nima deyayotganimni tushunib turibman.
Sening mehnatsevarliging, hulqing va ishchanliging tez orada o‘z mevasini beradi. Kamarni o‘yga qaytarish vaqti keldi", - deya yozib qoldirdi Nurmagomedov.

Fikrlar