
Habib Nurmagomedov qaysi shaharlarda turnir o‘tkazishini aytdi. Ular orasida Toshkent ham bor!
Engil vaznda UFC chempioni va EFC promousheni rahbari Habib Nurmagomedov 2021 yilgi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
"So‘nggi jang kechamiz “Eagle FC 31” turnirida Rizvan Kuniev va Vladimir Dayneko o‘rtasidagi jang musobaqaning haqiqiy voqeasiga aylandi. Rizvanni muvaffaqiyatli himoya jangi bilan tabriklayman va Vladimirga sog‘lik tilagan holda, tezroq qaytishini tilab qolaman.
Kelgusi yil juda voqealarga boy bo‘ladi, shuning uchun ligamiz faoliyatini kuzatib boring. Sizni ishontirib aytamanki, bu qiziqarli va ajoyib bo‘ladi. Kelasi yili ko‘rishguncha va 2021 yilning birinchi yarmida biz Abu-Dabi, Moskva, Krasnodar, Sankt-Peterburg, Toshkent va Almatida turnirlar tashkillashtirishni rejalashtirganmiz ", - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar